Turkiya öz hududi ustidan Rossiyaga kuzatuv parvozini amalga oşirişga ruxsat bermadi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.
Bu haqda Rossiya mudofaa vazirligining kelişuvlarning bajarilişini nazorat qiliş boşqarmasi boşliği Sergey Rijkov ma'lum qildi.
Rijkovning aytişiça, Anqara bu harakati bilan "oçiq osmon" böyiça kelişuv talablarini buzmoqda va xavfli vaziyatni yuzaga keltirmoqda.
"Turkiya tomonidan kelişuv talablarining buzilişi va nomunosib harakatlar natijasida Oçiq osmon böyiça kelişuvga a'zo davlatlaridan birining nazorat qilib bölmaydigan harbiy faoliyatiga xavfli örnak yuzaga keldi", deb aytdi Rijkov.
Avvalroq rossiyalik harbiy inspektorlar "oçiq osmon" kelişuvi doirasida Turkiya ustidan nazorat parvozini amalga oşirişlari ma'lum qilingandi.






