Ukraina Oliy Radasining qaroriga köra mamlakatda olib borilayotgan dekommunizatsiya siyosati doirasida 4ta şahar, 1ta tuman va 160 qişloqning nomi özgartirildi. Bu haqdagi sörovni 230 parlamentariy yoqlab çiqdi.

Bundan buyon Donetsk viloyatidagi Artyomovsk tumani Baxmut deb atala boşlanadi.Bundan taşqari, öşa viloyatdagi Artyomovsk şahri Baxmut, Dzerjinsk şahri Toretsk, Krasniy Liman – Liman deb ataladi. Odessa viloyatidagi Iliçyovsk şahri Çernomorsk deb nomlanadi. Röyxatga 160 katta-kiçik qişloq nomi ham kiritilgan.