4 fevral kuni Xalq deputatlari Toşkent viloyati kengaşining navbatdan taşqari sessiyasida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov ötgan 2015 yilda viloyatda yalpi hududiy mahsulot 6,7 foizga, sanoat mahsulotlari işlab çiqariş 11 foiz, qişloq xöjaligi mahsulotlari 7 foizga, xizmat körsatiş sohasi 13 foizdan ziyod ösgani, eksport böyiça prognoz körsatkiçi bajarilganini ta'kidlab ötdi.
Ma'ruzada keltirilişiça, Toşkent viloyatining sanoat sohasidagi salohiyatini izçil rivojlantiriş dasturiga asosan keyingi uç yilda 1 ming 50 ta loyiha amalga oşirildi. Şu asnoda 2 trillion 700 milliard söm va 532 million dollar miqdorida investitsiyalar özlaştirilib, 30 mingga yaqin yangi iş örni yaratilgani biz uçun ayniqsa muhimdir. Şular qatorida Toşkent issiqlik elektr stansiyasida 370 megavatt energiya işlab çiqariş quvvatiga ega bölgan, tabiiy gazni ikki barobar kam sarflaydigan buğ-gaz qurilmasi barpo etilganini qayd etiş zarur.
Bu işlarimizning davomi sifatida hozirgi vaqtda toğ-kon sanoati, kimyo va neft-kimyo sanoatida qiymati 2 milliard 558 million dollarlik 26 ta loyiha amalga oşirilmoqda. Şuningdek, Çirçiq şahridagi “Ammofos-Maksam” korxonasida mineral öğitlar işlab çiqariş jarayonini modernizatsiya qiliş va yangi işlab çiqariş quvvatlarini taşkil etiş maqsadida umumiy qiymati 136 million dollardan ziyod 3 ta loyihani joriy yilda amalga oşiriş möljallanmoqda.






