Qrimning Ukraina tarkibiga qaytarilişi Rossiyaga qarşi sanksiyalarning bekor qilinişidagi asosiy şartlardan biridir. Bu Yevroparlamentning Strasburgdagi plenar sessiyasida qabul qilingan rezolyutsiyasida belgilab berildi.

“Rossiya Federatsiyasi bilan munosabatlarning tiklanişi, şu jumladan, sanksiyalarning bekor qilinişidagi asosiy şartlardan biri yarim orol ustidan Ukrainaning nazorati qayta tiklanişi böladi”, - deyiladi rezolyutsiya matnida.

Hujjat majburiy emas, balki tavsiya xarakteriga ega ekanligi ta'kidlanmoqda.
Rezolyutsiyada, şuningdek, qrim tatarlariga nisbatan inson huquqlarining buzilişi keskin qoralandi.

“Rossiya butun aholining xavfsizligi, inson huquqlariga rioya qilinişi, şu jumladan, mahalliy aholi bölmiş tatarlar hamda Qrimning boşqa milliy ozçiliklarining madaniy va diniy huquqlari kafolatlanişi, Qrimda huquq-tartibotni asraş uçun javobgardir”, - ta'kidlanadi hujjat matnida.