12-14 fevral kunlari Jizzax şahridagi “Navrözbuloq” poygagohida avtokross böyiça Özbekiston kubogi musobaqalari ötkaziladi.

Mazkur musobaqani yuqori saviyada ötkaziş töğrisida viloyat hokimligi tomonidan çora-tadbirlar rejasi işlab çiqilgan va tasdiqlangan.

"Avtokross – sportning texnik va amaliy turi hisoblanib, Özbekiston mudofaasiga kömaklaşuvçi "Vatanparvar” taşkiloti, Özbekiston milliy avtomobil federatsiyasi, Respublika texnik va amaliy sport turlari markazi, Jizzax viloyat hokimligi hamkorligida taşkil etiladi.

Eslatib ötamiz, ötgan 2015 yilgi bahslarda Jizzax viloyati vakillari umumjamoa hisobida birinçi örinni egallagan edi.

Barça avtokross ixlosmandlarini Avtokross musobaqalariga taklif etamiz", deyiladi Jizzax viloyat hokimligi sayti xabarida.