Angliyaning «Mançester Siti» klubi hujumçisi Serxio Aguero yanvar oyida Angliya premer-ligasining eng yaxşi futbolçisi deb topildi. Bu haqda «şaharliklar» rasmiy tvitteri xabar tarqatdi.

Aguero yangi yilning dastlabki oyida törtta uçraşuvda maydonga çiqib beş bor raqiblar darvozasini işğol qilişga muvaffaq bölgan. Bitta golli uzatmani amalga oşirgan.

Eng yaxşi murabbiy deb esa «Sauthempton» ustozi Ronald Kuman topilgan. Gollandiyalik murabbiy boşçiligidagi jamoa törtta uçraşuvda uçta ğalabaga erişib, APL turnir jadvalida yettinçi poğonagaça kötarilgan.