Ukrainaning "Şaxtyor" jamoasi özining yetakçi futbolçilaridan biri, braziliyalik Aleks Teyşeyra Xitoyning "Tszyansu Saynti" jamoasiga transfer qilingani haqida rasman xabar berdi.

Bundan oldinroq OAVla 26 yoşli bu futbolçi qişki transferlar uçun rekord darajadagi 50 mln yevro evaziga Xitoy jamoasiga ötgani xabar qilingandi.

Köp ötmasdan, uning yangi jamoasidagi maoşi miqdori haqida ham norasmiy manbalarda xabar qilindi - yiliga 10 mln yevro.

Qayd etiş kerakki, uning xizmatlariga Angliyaning "Çelsi" va "Liverpul" jamoalaridan taklif bölgan, ammo futbolçi Xitoy çempionatini tanlagan.

Bir neça kun oldin ham, "Atletiko" hujumçisi Jyekson Martines 42 mln yevro evaziga Xitoyning "Guançjou" jamoasiga ötiş orqali qişki transferlardagi birinçi rekordni qayd etgandi.