4 fevral kuni Özbekiston Markaziy saylov komissiyasida rais Mirzo-Uluğbek Abdusalomov rahbarligida majlis bölib ötdi. Bu haqda MSK matbuot xizmati xabar berdi.

Majlisda Özbekiston Oliy Majlisining Senati a'zosi Ahmadjon Usmonovning xalq deputatlari Toşkent viloyati Kengaşi deputati vakolati tugatilganligi munosabati bilan uning senatorlik vakolatini muddatidan ilgari tugatiş töğrisida masala körib çiqildi va tegişli qaror qabul qilindi.

Eslatib ötamiz, 4 fevral kuni Toşkent viloyati hokimligida Viloyat xalq deputatlarining navbatdan taşqari yiğilişida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Toşkent viloyati hokimi Ahmadjon Usmonovni lavozimidan ozod etiş töğrisidagi farmonni imzoladi. Uning örniga şu vaqtgaça Zangiota tumanida hokim sifatida işlab kelgan Sodiq Abdullayev yangi hokim etib tayinlandi.