Xitoy Xalq banki (Markaziy banki) joriy haftada mamlakatning iqtisodiyotiga qaytar repo (qimmatbaho qoğozlarni belgilangan narxda qayta sotiş majburiyati bilan sotib oliş) operatsiyalari yordamida 510 mlrd yuan (77 mlrd dollar) kiritdi. Bu haqda bank saytida ma'lum qilindi.

Eng yirik kiritmalar oxirgi ikki kun içida kuzatildi. 4 va 5 fevralda Xalq banki mos ravişda 28 kunlik muddat, 2,6 foizlik daromad va 14 kunlik muddat, 2,4 foizlik daromad bilan 160 mlrd yuanlik (24,4 mlrd dollar) va 140 mlrd yuanlik (21,3 mlrd dollar) operatsiyalar ötkazdi.

Ötgan haftada Xitoy Xalq banki şunday operatsiyalar yordamida iqtisodiyotga 690 mlrd yuan (105 mlrd dollar) kiritgandi.

Tahlilçilarning fikriça, Xalq banki şu tariqa joriy yilda 8 fevralga töğri keluvçi Xitoy Yangi yili ta'tillari arafasida bozorni likvidlilik bilan töyintirmoqçi.