"Zenit" futbolçisi Oleg Şatov öz ona şahri Nijniy Tagilga 15 mln rubllik stadion qurdirib bermoqçi.

Rossiya terma jamoasining 25 yoşli yarimhimoyaçisi Nijniy Tagilning Rudnik tumanida futbol maydoni qurişga qaror qildi va mahalliy sport amaldorlaridan buning uçun 15 mln rubl atrofidagi loyihani tuzişni söradi.

Hozirda şahar hokimiyati maydon uçun mos yer va sarf-xarajatlar smetasini tuzmoqda, şuning uçun bölğusi stadionning aniq körsatkiçlari noma'lum. Biroq unda aniq yuguriş yölagi bölişi aytilmoqda.

"Yedinaya Rossiya" partiyasi bu maydonda vorkaut uçun uskunalarga (turli jismoniy maşqlar bajariş uçun turnik, bruslar va hokazo anjomlar) partiya dasturi böyiça 700 ming rubl ajratadi. Maydon turli tajovuzlardan himoya qiliş maqsadida panjara bilan öraladi, biroq tuman aholisi uçun stadionga kiriş erkin böladi. Futbol maydonini joriy yildayoq quriş rejalaştirilmoqda.

Bundan taşqari, Şatov Rudnikda yangi maydonda şuğullanadigan futbol seksiyasiga asos solmoqçi.

Joriy yilda Nijniy Tagilda Şatov nomidagi futbol musobaqasi bölib ötdi. Şahar jismoniy tarbiyani rivojlantiriş boşqarmasida Şatovga bu musobaqani an'anaviy tarzda ötkaziş taklif qilindi va futbolçi bu musobaqaga homiylik qilişga roziligini berdi.