2015 yil 5 fevral kuni Milliy matbuot markazida Özbekiston “Adolat” SDP Siyosiy Kengaşi tomonidan “Demokratik islohotlar jarayonida Özbekiston “Adolat” SDPning örni” mavzuida matbuot anjumani ötkazildi. Unda partiya Siyosiy Kengaşi Ijroiya Qömitasi a'zolari, Oliy Majlis Qonunçilik palatasi hamda Xalq deputatlari mahalliy Kengaş deputatlari, Markaziy apparati mas'ul xodimlari hamda OAV vakillari iştirok etdi.
Anjumanda partiya Siyosiy Kengaşi Ijroiya Qömitasi va Oliy Majlis Qonunçilik palatasidagi fraksiyasining 2015 yildagi faoliyati tahlili, 2016 yilga möljallangan rejalari haqida batafsil ma'lumotlar berildi.
Özbekiston “Adolat” SDP Siyosiy Kengaşi raisi, Oliy Majlis Qonunçilik palatasidagi partiya fraksiyasi rahbari Narimon Umarov 2015 yil saylovlar yili sifatida Özbekiston “Adolat” SDP uçun mamlakatimiz siyosiy maydonida öz örnini mustahkamlaş imkonini berganligini ta'kidladi. Xususan, 2014 yilning dekabr oyida bölib ötgan saylovlar natijasida partiya Oliy Majlis Qonunçilik palatisida 20 nafar deputatdan iborat fraksiyasini şakllantirgan bölsa, xalq deputatlari mahalliy Kengaşlarga saylangan deputatlari soni 834 nafarga (2009 yilgi saylovda 469 nafar), ya'ni sal kam 2 barobarga köpayganligini e'tirof etdi.
Ma'ruzada ta'kidlanganidek, ötgan yilda Oliy Majlis Qonunçilik palatasidagi partiya fraksiyasining faoliyati asosan qonun ijodkorligi, nazorat-tahliliy hamda saylovçilar bilan uçraşuvlar kabi yönalişlarda olib borildi.
2015 yilda “Davlat boşqaruvini yangilaş va yanada demokratlaştiriş hamda mamlakatni modernizatsiya qilişda siyosiy partiyalarning rolini kuçaytiriş töğrisida”gi Konstitutsiyaviy qonunning tegişli moddasiga muvofiq Oliy Majlis Qonunçilik palatasidagi Özbekiston “Adolat” SDP fraksiyasi özini parlamentdagi köpçilik hisoblangan “Demokratik kuçlar bloki”ga nisbatan muholifat deb e'lon qilgani ham muhim voqelik böldi.
Ötgan yil davomida partiya fraksiyasining qonun loyihalari muhokamasiga bağişlangan 40 dan ortiq yiğilişi ötkazilib, ularda 50 dan ortiq qonun loyihalari körib çiqildi. Qonunçilik faoliyatida fraksiya a'zolari 26 ta qonun loyihasiga mas'ul böldilar, 7 ta qonun loyihasiga taşabbuskor bölib, qonun loyihasini takomiliga yetkaziş, muhokamalarga tayyorlaş jarayonida hamda qömita, fraksiya va palata yiğilişlarida ma'ruza qildilar.
2015 yilda partiya fraksiyasining taşabbusiga köra, Oliy va örta maxsus ta'lim vazirining “Oliy ta'lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlaş va malakasini oşiriş tizimini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi Prezidentining farmonida belgilangan vazifalar hamda Samarqand viloyatida “Sport va jismoniy tarbiya töğrisida”gi qonun talablarining bajarilişi böyiça axboroti eşitildi.
Şuningdek, ötgan yilda amaliyotda ilk bor Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputatlari Özbekiston Respublikasi qişloq va suv xöjaligi vazirining “Özbekistonda suvni tejovçi texnologiyalardan foydalaniş holati va uning samaradorligini oşiriş istiqbollari, qişloq xöjaligi korxonalarida zamonaviy texnika va texnologiyalarni joriy etiş töğrisida”gi masala yuzasidan “Adolat” SDP fraksiyasi taşabbusi bilan yuborilgan parlament sörovi böyiça axborotini eşitdilar.
Şu bilan birga, 2015 yil mobaynida Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi, xalq deputatlari viloyat va Toşkent şahar Kengaşlari sessiyalarida körib çiqiş uçun Özbekiston “Adolat” SDP deputatlik guruhi tomonidan jami 15 ta masala kiritilib, sessiyalarida 21 marotaba mansabdor şaxslarning hisobotlari eşitildi. Partiya deputatlari tomonidan turli masalalar yuzasidan 726 ta deputatlik sörovlari yuborildi va ularning aksariyati ijobiy hal etildi.
Matbuot anjumanida Özbekiston “Adolat” SDP Siyosiy Kengaşi raisi örinbosari Abdukamol Rahmonov partiya saylovoldi dasturini amalga oşiriş böyiça 2015-2019 yillarga möljallangan kompleks amaliy harakatlar Dasturi asosida ötgan yilda partiya taşkilotlari tomonidan amalga oşirilgan işlar xususida töxtalib ötdi.
Qayd etilganidek, 2015 yil davomida partiya a'zolari hamda BPTlari son va sifat jihatdan ösdi, dasturiy ğoyalar tarğiboti va yurtimiz va jahon miqyosida dolzarb ahamiyatga ega mavzulardagi tadbirlar köpaydi. Uşbu jarayonda partiya safidagi ayollar va yoşlarning faolligi ösganligi, ayniqsa, muhimdir. 2016 yil 1 yanvar holatiga partiya a'zolari soni 115 514 nafarga, BPTlar soni 3374 taga yetdi. Ayollar soni 56 000 nafardan, 30 yoşgaça bölgan yoşlar soni 46 000 nafardan oşdi. Yil davomida partiyaning markaziy, hududiy va mahalliy taşkilotlari tomonidan turli yönalişlarda jami 5078 ta tadbirlar taşkil qilinib, ularda 334 174 nafar fuqaroning iştiroki ta'minlandi.
Bundan taşqari, Oliy Majlis Majlis Qonunçilik palatasidagi partiya deputatlari mas'ulligida 12 ta partiyaviy loyiha işlab çiqilib amaliyotga tatbiq etildi.






