AQŞning sobiq prezidenti Bill Klinton va uning turmuş örtoği, sobiq davlat kotibi Hillari Klinton 2001 yildan buyon pulli çiqişlar, xususan, Amerikaning yirik korporatsiya va banklari vakillari uçun ma'ruzalari hisobidan 153 million dollardan ziyodroq mablağ jamğarişdi. Bu haqda CNN telekompaniyasi ma'lum qildi.

Uning hisoblari 2015 yilning bahoridan, ya'ni sobiq davlat kotibi Demokratlar partiyasidan AQŞ prezidentligiga nomzodini qöyişi haqida e'lon qilganidan söng töxtagan.

14 yil davomida Klintonlar jami 729 marotaba çiqiş qilgan va har bir ma'ruza uçun örtaça 210,8 ming dollardan tölangan. CNN ma'lumotlariga köra, er-xotinlar Goldman Sachs va UBS banklari xodimlari oldida 39 marotaba çiqiş qilişi uçun 7,7 million dollar gonorar olişgan. Jumladan, Hillari Klinton sakkiz marta şunday ma'ruza orqali 1,8 million dollar işlagan.