«Real» klubi rahbariyati «Barselona» hujumçisi Neymarni transfer qiliş böyiç harakatlarini davom ettirmoqda. Kataloniyaning Sport.es naşri xabariga köra, «Real» vakillari bölgan agentlar Neymarning otasi bilan aloqaga çiqqan va Florentino Peres hujumçiga qiziqişda davom etayotganini bildirgan. Şuningdek, ular Neymardan «Barselona»ni tark etiş istagi haqida matbuot orqali ommaga ma'lum qilinişi söraşgan.

Peres uşbu tranfer uçun talab qilingan 190 mln yevroni tölab, u bilan yiliga 35 mln yevro tölaşni közda tutadigan 5 yillik şartnoma imzolaşga tayyor. Şuningdek, futbolçi, kataloniyaliklar safini tark etişga rozi bölişi uçun 30 mln yevro miqdorida mukofot (bonus) va'da qilingan. Şu tariqa, bu transfer amalga oşadigan bölsa, bu «Real» uçun jami 400 million yevroga tuşadi.

Bundan oldinroq, «Barselona» söralgan 190 million yevroni mablağni «Mançester Yunayted» ham tölaşga tayyor bölgani aytilgandi.

Florentino Peres ayni vaqtda Neymar «Santos»dan «Barselona»ga ötiş çoğida moliyaviy firibgarlikka yöl qöyilgani bilan boğliq yuzaga kelgan mojaro hamda sud jarayoni tufayli qiyin ahvolga tuşib qolganidan ham foydalanmoqçi ekani aytilgan.

Eslatib ötamiz, Neymar va uning otasi 2 fevralda Madriddagi Oliy sudda tergov qilingandi.

Neymarga mömay taklif bergan jamoa «MYu» bölib çiqdi

Neymarning otasi: Öğlimga boşqa öta hotamtoy jamoadan taklif berilgan

Neymarning otasi: Öğlim faoliyatining oxirigaça «Barselona»da öynaşga majbur emas

Luis Suares: Işonçim komilki, Neymar «Barselona»da qoladi