6 fevralga ötar keçasi Tayvanning eng yirik şaharlaridan biri, janubdagi Taynan şahrida zilzila tufayli qulagan köp qavatli binolar joyida olingan videolar internetga joylaştirildi. Bu binolar orol janubi-ğarbida qayd etilgan 6,7 magnitudali zilzila tufayli qulagan.

Ayni vaqtga kelib vayronalar ostidan jami 221 kişi çiqarib olingan va ularning aksari şifoxonaga joylaştirilgan. Eng talofatli hudud, 17 qavatli uy qulagan joyda 70 nafarga yaqin kişi vayronalar ostida qolayotgani aytilgan. Qurbonlar soni 5 nafarni taşkil qilmoqda.

Bundan oldinroq, Xitoy hukumati Tayvanga bu zilzila oqibatlariga qarşi kuraşda yordam körsatişi haqida ma'lum qilgandi.

Bu zilzila tufayli oroldagi barça tezyurar poyezdlar harakati töxtatilgan. Mutaxassislar yöllarning holatini tekşirişmoqda.

Xitoy Tayvandagi zilzila oqibatlariga qarşi kuraşda yordam beradi

Tayvandagi zilzila tufayli şaharda qulab tuşgan boşqa binolar ham borligi aytildi