5 fevral kuni Toşkent şahridagi Xalqaro Vestminster universitetining 14 yilligi munosabati bilan xayriya konserti ötkazildi.
“Ezgulik navolari” nomi ostidagi xayriya konserti TXVUda 2012 yildan buyon ötkazilib kelinmoqda. Bu yilgi konsert dasturida öz davrining gözalligini qamrab olgan jazz yönalişi tanlandi.
An'anaga köra, tadbirning boşlanişida ötgan yil natijalari va universitet rivojlanişining ustuvor yönalişlari aytib ötildi. Quvonarlisi, TXVU professor-öqituvçilari ötkazgan izlanişlarga dunyo tadqiqotçilari ham tez-tez murojaat qilişlari ma'lum böldi, bunga 2015 yilda RePEc (Repository of Papers in Economics) yillik röyxatiga köra universitetimiz eng köp iqtibos keltirilgan (elektron manziliga murojaat qilingan) ta'lim muassasalari röyxatining yetakçilari qatorida ekanligi dalil böla oladi. Şuningdek, xorijiy universitetlar bilan tadqiqotçilar taşrifi almaşiş dasturi taşkil etildi va 2015 yilda uçta tadqiqotçi TXVUga taşrif buyurişdi. Bundan taşqari, bu yil Kelajak Ta'limi Dasturi (Learning Futures Project) doirasida yangi öquv dasturi tadbiq etildi. Uşbu dastur Londondagi Vestminster universitetining professor-öqituvçilari taşabbusi bölib, TXVU tarixida alohida örni bor, çunki keyingi öquv yilidan boşlab universitetda yangi qiziqarli fanlar va öquv jarayonida innovatsion texnologiyalar joriy etiladi.
Universitet Birlaşgan Millatlar taşkiloti Taraqqiyot Dasturi, Osiyo taraqqiyot banki, Prognozlaştiriş va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti, Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti hamda Iqtisodiy tadqiqotlar markazi bilan hamkorlik qiladi. Universitetda doimiy ravişda hammaga oçiq bölgan tadqiqot seminarlari ötkaziladi. Uşbu seminarlarni amaliy fanlarda va tegişli sohalarda katta amaliyotga ega bölgan professor-öqituvçilar va mutaxassislar olib borişadi. Universitet madaniy hayoti 2015 yilda tadbirlarga boy bölgan, jumladan, an'anaviy madaniyat va san'at kunlari, davlat bayramlariga bağişlangan tadbirlar, san'at tögaraklari master-klasslari ötkazildi.
Bayram konserti dasturi universitetning iste'dodli talabalarining yorqin çiqişlari bilan bir qatorda, Özbekiston Xalq artisti Mansur Toşmatov, “Zör-zör star” tanlovi ğolibi Uluğbek Xalikov va Rossiya “Golos. Deti” teletanlovi ğolibi Sabina Mustayeva ijrosida jazz kompozitsiyalari yangradi.
Şuni ta'kidlab ötiş lozimki, konsertning xayriya şaklida ötkazilişi 2012 yildan beri an'anaga aylanib qolgan. Bu yil esa TXVU va litseyi talabalari orqali yiğilgan barça mablağlar leykemiyaga çalingan bolalarni davolaş uçun yönaltiriladi.
Toşkent şahridagi Xalqaro Vestminster universiteti (TXVU) 2002 yil 16 yanvar, London şahridagi Vestminster Universiteti (Buyuk Britaniya) va Özbekiston Respublikasi Prezidentining “Umid” jamğarmasi bilan hamkorlikda taşkil qilingan. TXVU Markaziy Osiyodagi xalqaro toifadagi akkreditatsiyadan ötgan birinçi universitetdir. 14 yil mobaynida Universitetni 1700 dan ortiq talaba tamomladi va hozirgi kunda ular yurtimizning rivojlanişiga öz hissalarini qöşmoqdalar.






