Suriya taşqi işlar vaziri Valid Muallim Damaşqning taklifisiz Suriyada quruqlikdagi operatsiyalarda iştirok etadigan xorijiy harbiylar "öz uylariga yoğoç tobutlarda" qaytişlariga va'da bermoqda. Muallim bu haqda 6 fevralda bölib ötgan matbuot-anjumanida aytib ötdi, deb xabar bermoqda Associated Press axborot agentligi.

Muallim Saudiya Arabistoni ortidan Suriyaga IŞID bilan kuraşiş uçun qöşinlarini olib kirişga tayyorligini bildirgan Bahraynga şu tariqa javob berdi. 

"Suriya hukumatining roziligisiz Suriyaga quruqlikdan har qanday kirib boriş mamlakatning har bir fuqarosi qarşi turişi kerak bölgan tajovuz harakati deb qabul qilinadi. Menga buni aytiş ayançli, biroq ular (xorijiy harbiylar) uylariga yoğoç tobutlarda qaytadilar", deb aytdi Muallim.

Saudiya Arabistoni 4 fevralda AQŞ boşçiligidagi koalitsiya tarkibida Suriyada quruqlikdagi operatsiyada iştirok etişga tayyorligini bildirgan. The Guardian naşrining ma'lumotlariga köra, Saudiya Arabistoni şu maqsadda Suriyaga qurolli kuçlarining maxsus bölinmalarining bir neça ming askarini yuborişi mumkin.