“Baron” filmini köriş uçun Alişer Navoiy nomidagi kinoteatrga borgan ayrim tomoşabinlar ijtimoiy tarmoqlar orqali keskin e'tirozlarini bildirişdi.

Internetda paydo bölgan “Panoramadagi şarmandalik” sarlavhali maqolada ta'kidlanişiça, odamlar köpligidan tomoşabinlarning bir qismi köçada qolib ketgan, kinoteatr xodimlari eşiklarni yopib qöygan va sovuqda kutişga majbur bölgan.

Mazkur holat yuzasidan kinoteatr direktori Bahrom Utanov “Darakçi” muxbirining savollariga javob berdi.

“Kinoteatrimizda önta kinozal işlayapti. Öşa kuni keçki seansda barça kinozallar liq töla bölgani bois köça eşikni yopişga majbur böldik. Çunki kassada çipta qolmagandi. Bu haqda köçada turgan tomoşabinga ma'lum ham qilganmiz”, - ta'kidladi u.

“Bunday holatlar bölişi mumkin, - sözida davom etdi mutasaddi, hatto çiptasi bor tomoşabinlar ham köçada qolib ketgani bilan boğliq savolga javob berarkan. – Lekin keyin bizga murojaat qilişganida çipta pulini qaytarib berganmiz. Agar öşa kungi talotöpda kinoga kirolmagan tomoşabinlar bölsa, menga murojaat qilişsin, çipta pulini qaytarib, bonus sifatida bepul film körişga taklif qilaman. Tomoşabinning birorta fikri e'tiborsiz qolmaydi. Çunki bu davlat taşkiloti va biz ularga qulay şaroit yaratiş uçun işlaymiz”.

“Demak, nazoratçilarga siz tomoningizdan odamlarni içkariga kirgizmaslik haqida buyruq bölgan-a?” degan savolga Utanov “Ha!” deb javob berdi.

“Buning yagona sababi tomoşa zaliga kirayotgan tomoşabin tartibsizlikdan noqulaylikka duç kelmasligi, jamoat tartibini saqlaş edi, - ta'kidladi u. – Hatto tomoşa zali eşiklari oldida nazoratçilardan jonli devor qilişga ham töğri keldi. Ular içkarida avvalga seans tugamay turib, tomoşa zaliga kirişmoqçi edi. Xavfsizlikni ta'minlaş, xuşmuomalalik bilan vaziyatni tuşuntiriş – bizning burçimiz”.

Panoramadagi şarmandalik