Rossiyalik maşhur teleboşlovçi Leonid Yakuboviç, xonanda Aleksey Glizin, aktyor Sergey Maxovikov va Rossiya harbiy-koinot kuçlari ansamblidan iborat bir guruh rossiyalik san'atkorlar Suriyaning Xmeymim aviabazasiga bu yerda harbiy xizmat ötayotgan öz hamyurtlarini qöllab-quvvatlagani keldilar.

Maşhur san'atkorlar kunduzi harbiylar bilan suhbatlaşmoqdalar, keçasi esa platsda yiğilmoqdalar.

"U yerda qolganlar sizni aql ozgudek juda qattiq hurmat qilişlarini siz bilişingiz va bunga işonişingizni juda istayman. Hattoki kiçkina bolalar ham siz bu yerda nima qilayotganingizni biladi – ular buni televizor orqali köradilar va sizlarga juda havas qiladilar. Siz osmonga kötarilayotganingiz uçungina ular ham osmonga kötarilişni istaşadi... Bundan qimmatliroq narsa yöq, men buni özimda sinaganman", deb aytdi harbiylarga özi ham samolyotlarni boşqarib turadigan Yakuboviç.

Yakuboviç şuningdek harbiylarga özi yozgan "Istrebitel" şe'rini öqib berdi.

Xonanda Aleksey Glizin harbiylar uçun şlyager qöşiqlarni kuylab berdi. Glizin ham bir vaqtlar harbiy-havo kuçlarida xizmat ötagani haqida gapirib berdi.

"Men armiya va samolyot nima ekanligini yaqindan bilaman. Bu haqiqatda murakkab va xavfli xizmat. Biroq şu bilan şarafli ham. Albatta, bu yerdagi uçuvçilar eng a'lo darajadagi uçuvçilardir", deb aytdi Glizin.

Joriy yilda rossiyalik artistlar Xmeymim aviabazasida bir neçta konsertlar berişdi. Bu yerga birinçi bölib 4 yanvarda rok ijroçi Yuliya Çiçerina, 25 yanvarda esa "Agata Kristi" rok guruhining sobiq xonandasi Vadim Samoylov kelgandi.