«Mançester Yunayted» jamoasi boş murabbiyi Lui van Gaal mavsum yakuniga öz örniga Joze Mourinoning olib kelinişi rejalaştirilayotgani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.

«Oxirgi oylarda mening rafiqam, bolalarim, nabiralarim va döstlarim uçun oğir kunlar bölmoqda. Men uçun ham. Lekin men vaziyatni töğrilayman. Gollandiyada meni öta mağrur ekanimni va yengilmasligimni bilişadi. Angliyada esa men haqimda juda köp bema'ni gaplar yozişmoqda.

Men jamoa rahbariyatining Mourino bilan muzokara ötkazayotgani haqidagi xabarlarga işonmayman», deydi murabbiy The Guardian naşriga bergan intervyusida.

Bundan oldinroq, «Mançester Yunayted» Gvardiolaning «Mançester Siti»ga ötişi aniq bölişi bilanoq, Mourino bilan muzokara boşlagani töğrisida xabar paydo bölgandi.

Joze Mourino: Tez orada işga qaytaman