Xitoy Taşqi işlar vazirligi taşuvçi-raketaning uçirilişi böyiça munosabatini bildiriş maqsadida KXDRning Pekindagi elçisini çaqirdi, deya xabar qildi RIA “Novosti”.

“XXR Taşqi işlar vaziri örinbosari Lyu Çjenmin 7 fevral kuni KXDRning Xitoydagi elçisi bilan zudlikda uçraşuv ötkazişga kelişildi va unga Pxenyan tomonidan sun'iy yöldoşni uçiriş maqsadida ballistik raketadan foydalanilganiga nisbatan XXR pozitsiyasi ma'lum qilindi”, - deyiladi Xitoy TIV xabarida.

Vazirlikning qayd etişiça, Xitoy KXDRning ballistik raketalar uçirişiga qarşi çiqadi.