Hozirgi kunda murabbiy sifatida faoliyat olib borayotgan sobiq futbolçi Azamat Abduraimov Özbekiston olimpiya terma jamoasining Qatarda bölib ötgan Osiyo çempionatidagi muvaffaqiyatsizligi sabablari borasida gapirib ötdi.

«Öylaşimça, terma jamoalar markazi jamoaning öyinini çuqur tahlil qilib çiqişi va öz bahosini berişi kerak. Bunda aynan kimnidir aybdor qiliş emas, balki kelgusida bu kabi xatolarga yöl qöymaslik va jamoaning ösişi uçun xizmat qilişi kerak.

Agar bu hol boşqa qaytarilmasa, ajoyib iş bölardi. Mağlubiyat esa futbolning bir qismi. Hattoki dunyoning eng kuçli klublari mağlubiyatni çetlab öta olmaydi. Oldinda juda köplab saralaş musobaqalari, turli yoş toifalaridagi turnirlar turibdi».

Muvaffaqiyatsizlikning asosiy sababi? Hozir aynan bitta sababni ajratib körsatiş qiyin. Öylaşimça, bunday natijaga bir neça omillar sabab böladi.

Jamoada bir yilda bir yöla tört marta murabbiy tayinlandi: Maqsudov, Aşurmatov, Jalilov va Babayan. Bunday tez almaşinuvlar bilan natijaga erişiş juda murakkab. Har bir murabbiyning öz qaraşlari, öz falsafasi va öz talablari böladi. Futbolçilarga esa ularga moslaşişi uçun köp vaqt talab etiladi», deya Abduraimovdan iqtibos keltiradi Sports.uz.