2016 yil boşidan beri Turkiyadan Gretsiya orollari tomon dengiz orqali 68 mingdan köproq qoçqin ötgan, deb xabar berdi 7 fevralda BMTning qoçqinlar işlari böyiça boşqarmasi (UNHCR). UNHCR ma'lumotlariga köra, 1 fevraldan 6 fevralgaça Turkiyadan Egey dengizi orqali Gretsiyaga 2870 muhojir ötgan.
BMT ma'lumotlariga köra, şu kunlari Turkiyadan Gretsiyaga ötgan köpçilik muhojirlar suriyaliklar (55 foiz) bölgan. Şuningdek, muhojirlardan 25 foizi Afğonistondan, 11 foizi Iroqdan, 3 foizi Pokistondan bölgan. Bundan taşqari, yil boşidan beri dengiz orqali ötişda kamida 366 nafar odam halok bölgan yoki bedarak yöqolgan.
Deyarli hamma muhojirlar Gretsiyadan "Bolqon yönalişi" deb ataluvçi yönaliş orqali Avstriya va Germaniyaga jönaydilar. Ayni vaqtda Gretsiya-Makedoniya çegarasida 5-7 ming odam Makedoniyaga tuşişni kutmoqda.
Makedoniyalik çegaraçilar faqatgina suriyalik, afğonistonlik va iroqlik muhojirlarni kiçik guruhlar bilan çegaradan ötkazmoqdalar. Mahalliy rasmiylarning aytişiça, boşqa davlatlar fuqarolariga çegarani kesib ötişda kontrabandaçilar yordam bermoqda.






