Özbekiston milliy olimpiya qömitasi mahalliy sportçilar va jamoatçilik vakillariga dalda berib, Braziliyada Zika virusiga yöliqiş xavfi yöqligini uqtirişdi. Şu yilning yozida u yerda Olimpiada öyinlari ötkaziladi.

Qömita xalqaro aloqalar bölimi boşliği Bahodir Husanxöjayevning sözlariga qaraganda, ötgan hafta Xalqar olimpiya qömitasidan rasmiy xat kelib tuşgan bölib, unda barça davlatlar sportçilari xavotirlanmaslikka çaqirilgan.

Xalqaro olimpiya qömitasi, Braziliya hukumati va Butunjahon soğliqni saqlaş taşkiloti Zika virusi bilan boğliq vaziyatni nazorat ostida tutib turgan aytilmoqda.