7 fevralda Rossiyaning Leningrad viloyatida jangari filmlardagi kabi voqea yuz berdi – politsiyaçilar zirhli maşinani (bronetransportyor) taqib qildilar. Jangovor maşinaning içida dala hovlisida dam olayotgan ikki nafar mast holatdagi erkak bölgan. Ular BTRda yon-atrofni sayr qilişga qaror qilişgan.
Politsiya bölimiga bu haqdagi xabar ertalabki soat 5 larda kelib tuşgan. Karavayevo qişloğida yaşovçi bir erkak telefon qilib, "Mening tomorqamda BTR yuribdi", deb qörquvdan göşakka baqirayozgan.
Yöl harakati xavfsizlik davlat inspeksiyasi xodimlari voqea joyiga çiqib, BTRni Ust-Lug dengiz porti yaqinida uçratişgan. Ularning maşinasi BTR ğildiraklari tagida qolib ketişiga bir baxya qolgan: BTRni boşqarayotgan mast holdagi haydovçi uni töğri politsiyaçilar maşinasiga qaratib katta tezlikda haydab kelgan. BTR haydovçisi oxirgi lahzada töqnaşib ketişini anglab, dalaga qarab keskin burilgan va u yerda daraxtga borib urilgan.
Politsiya xodimlari maşinada daladan öta olmaganlar va BTR haydovçisini piyoda tutişlariga töğri kelgan.
"BTR rulida 30 yoşli mast holatdagi erkak bölgan. Uning şerigi ham kayfda bölgan", deb aytdilar politsiyaçilar.
BTR haydovçisi Sankt-Peterburgda yaşaşini, Kingiseppsk tumanida dala hovlisi va yaxtasi borligini tan olgan. Biroq u BTRni qayerdan olganini tuşuntirib bera olmagan.






