2016 yilning 8 fevral kuni Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vazirligida Latviya Respublikasining favqulodda va muxtor elçisi Edgars Bondars bilan uçraşuv bölib ötdi. Bu haqda Özbekiston TIV matbuot xizmati xabar bergan.

Suhbat davomida Özbekiston va Latviyaning 2015 yildagi munosabatlari yakunlari sarhisob qilindi hamda turli sohalardagi hamkorlikni joriy yilda va istiqbolda yanada rivojlantirişning ustuvor yönalişlari muhokama etildi.

Şuningdek, parlamentlararo va taşqi işlar vazirliklari darajasidagi rejalaştirilgan uçraşuvlar hamda hamkorlik böyiça qöşma institutlarning navbatdagi majlislari jadvali va kun tartibi yuzasidan fikr almaşildi.