Tojikiston boş prokuraturasi respublikada davlat tuzumini özgartirişga uriniş dalili böyiça olib borilgan tergov jarayonini yakunlab, töplangan materiallarni dastlabki körib çiqiş uçun mamlakat Oliy sudiga taqdim etdi. Bu haqda duşanba, 8 fevral kuni bölib ötgan matbuot anjumanida harbiy prokuror, tergov guruhi rahbari Safarali Mirzozoda ma'lum qildi.
“199 nafar ayblanuvçiga nisbatan barça materiallar dastlabki körib çiqiş uçun Tojikiston Oliy sudiga taqdim etildi”, - dedi Mirzozola. Uning sözlariga köra, sentabr oyida respublika Mudofaa vazirining sobiq örinbosari Abduxalim Nazarzoda boşçiligida bölib ötgan isyonlarda iştirok etganlikda gumon qilingan yana 40 kişi xalqaro qidiruvga berilgan.
Uning ta'kidlaşiça, tergov jarayonlari mamlakat milliy xavfsizligiga aloqador masalalar köpligi bois “maxfiylik” muhri ostida ötkazilgan. TASS muxbirining ta'kidlaşiça, birinçi sud hukmi 9 fevral kuni yopiq tartibda bölib ötadigan majlisda çiqariladi.
Eslatib ötamiz, 4 sentabr kuni Tojikiston poytaxti Duşanbe şahri va unga tutaş Vaxdat tumanida qurolli bosqinçilik uyuştirilgan edi. Uning oqibatida 9 militsiya xodimi halok böldi va katta miqdorda qurol yaroğ öğirlandi. Huquqni himoya qiliş organlari mazkur jinoyatda sobiq Mudofaa vaziri örinbosari, general-mayor Abduhalim Nazarzodani ayblaşdi.
Hukumat xabariga qaraganda, Abduhalim Nazarzoda yuzdan ortiq xodimlarni öz tomoniga oğdirgan va qöl ostidagi harbiy qismlardan qurol-yaroğ öğirlab, Romit toğ darasiga yaşiringan. 16 sentabrda nihoyasiga yetgan maxsus amaliyotlar natijasida jami 30 nafar Nazarzoda guruhi jangarilari yöq qilingan, 100 nafari hibsga olingan.






