Qirğizistonda ötkazilgan xalqaro a'naviy boks turnirida mamlakatimiz çarm qölqop ustalari ham munosib qatnaşişdi va sovrinli örinlarni egallaşdi.

Turnirning vazni 75 kilogrammgaça bölgan boksçilari örtasidagi bahslarida ringga çiqqan Isroil Madrimov qozoğistonlik Abay Töleş, Nursultan Janaboyev va turkmanistonlik Arslonbek Oçilovni yengib, finalga çiqdi. Hal qiluvçi bellaşuvda Isroil yana bir qozoğistonlik boksçi Nurjan Jakanga heç qanday imkoniyat qoldirmadi va şohsupaning eng yuqori poğonasidan joy oldi.

Vazni 56 kilogrammgaça bölgan boksçilar örtasida Sardor Muzaffarov jamoadoşi Şerbek Rahmatullayev, qirğizistonlik Bayaman Alimbekov, jazoirlik Fahem Xammaçiy va iroqlik Jafar Ali Abdulridha ustidan ğalaba qozonib, kumuş medalni qölga kiritdi. Eng oğir (+91) vazn toifasida ringga çiqqan hamyurtimiz Uluğbek Mubinov ham ikkinçi örinni egalladi.

Vazni 52 kilogrammgaça bölgan boksçilar bahsida qatnaşgan Jasurbek Latipov bronza medal bilan taqdirlandi.