"Real" jamoasi boş murabbiyi Zinedin Zidan Ispaniya çempionati 23-turida "Granada"ga qarşi keçgan (2:1) öyindan söng matbuot anjumanida iştirok etdi.

"Modriç ajoyib gol urdi va eng muhimi bizga qimmatli uç oçkoni olib keldi. U bugun körsatgan öyindan mamnunman. U darvoza tomon köproq zarbalar berib turişi kerak, axir uning ajoyib va kuçli zarbasi bor.

Öyin haqida töxtaladigan bölsam, raqib yetarliça muammolar tuğdirdi. "Granada" himoyaviy uslubda harakatlandi, bu esa tabiiy hol. Qolaversa raqib maydonida öynaşning öziga yaraşa qiyinçiliklari böladi. Ammo har qanday hisobdagi ğalaba qadrli. Bugungi 3 oçko biz uçun öta muhim edi.

Bugun raqib futbolçilari qançalik yaxşi öynamasin, biznikilar ulardan yaxşiroq ekanliklarini körsatişdi. Mavsumning qolgan öyinlarida ham oson ğalabalar bölmasligi tayin", - deydi fransiyalik mutaxassis.