Nyu-Yorkning sobiq meri va milliarder Maykl Blumberg AQŞ prezidenti lavozimiga saylovlarda iştirok etişi haqidagi savolga "barça variantlarini körib çiqayotganini" aytdi. Bu haqda Financial Times naşri xabar bermoqda.

Blumberg saylovlarda iştirok etişini birinçi marta ommaviy ravişda ma'lum qildi. U, şuningdek, nomzodlar çiqişlari va dastlabki saylovlar natijalarini kuzatib borayotganini aytdi.

FT’da ta'kidlanişiça, Blumbergning saylovlarda iştirok etişi prezidentlik poygasini sezilarli özgartirişi mumkin.

New York Times naşri ma'lumotlariga köra, Blumberg prezidentlik kampaniyasiga 1 mlrd dollar sarflaydi.

Mediamagnat AQŞ prezidenti lavozimiga nomzodini qöyişi mumkinligi yanvar boşida ma'lum bölgandi.