Ispaniya primerosining 23 turi doirasida "Real Sosedad"ni qabul qilgan "Espanol" jamoasi 0:5 hisobidagi yirik mağlubiyatga uçradi.
Öyinda futbolda kam kuzatiladigan hodisalardan biri, darvozabonning yaxşi sport formasida emasligi tufayli almaştirilişi böldi. Jamoaning litvalik yangi darvozaboni Gedryus Arlauskis öyinning 3 va 8 daqiqalarida qöpol xatolarga yöl qöydi. Har ikki holatda ham basklar jamoasi hujumçilari Jonatas va Karlos Vela töpga çiqişda xatoga yöl qöygan darvozabonni osonlik bilan doğda qoldirişdi. Dastlabki daqiqalarda 2ta gol ötkazib yuborgan mezbonlar şundan söng özlariga kela olişmadi. Kataloniyaliklar boş murabbiyi Konstantin Gilke birinçi taymdan keyin "aybdor"ni maydonga qaytarmaslikka qaror qildi va uning örniga ikkinçi darvozabon Pau Lopesni tuşirdi. Lekin u ham ikkinçi taymda öz darvozasidan 3ta gol olib çiqdi.
Qayd etiş kerakki, Arlauskis qişki transferlar vaqtida "Uotford"dan ijaraga olingandi. U jamoadagi ilk uçraşuvini ötgan haftada "Real"ga qarşi ötkazgan va öşanda darvozasidan 6ta gol olib çiqqandi.
Ayni vaqtda "Espanol" 22 oçko bilan 17 örinda turibdi. Jamoa 23 tur öyinida 20ta gol urgan va 46 ta ötkazib yuborgan.
"Espanol" – "Real Sosedad" – 0:5 (0:2)
Gollar: Jonatas, 5 (0:1). Vela, 8 (0:2). Oyyarsabal, 52 (0:3). Reyyes, 55 (0:4). Jonatas, 90 (0:5).
"Espanol": Arlauskis (Pau Lopes, 46), Siani, Xavi Lopes, Viktor Alvares, Alvaro Gonsales, Fuentes (Salva Sevilya, 54), Diop, Peres (Burgi, 46), Xoan Xordan, Asensio, Moreno.
"Real Sosedad": Ruli, Mikel Gonsales, Martines, Reyyes (Xabi Priyeto, 72), Ektor Ernandes, Saldua (De la Belya, 82), Ilyarramendi, Pardo, Vela, Jonatas, Oyyarsabal (Bruma, 76).
Ogohlantirişlar: Diop, 19. Saldua, 79. Jonatas, 90+1.






