AQŞning SpaceX kompaniyasi 24 fevralda oğir raketa-taşuvçi Falcon 9’ni yana fazoga kötarmoqçi. Raketa orbitaga 5,3 tonnalik sun'iy yöldoşni olib çiqadi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.

Agentlik bu xabarni berişda SpaceX’ning hamkori – boş qarorgohi Lyuksemburgda joylaşgan SES kompaniyasiga tayanmoqda.

Agentlik bu xabarning tasdiqlanişini sörab SpaceX’ning Kaliforniyadagi boş qarorgohiga murojaat qildi. Biroq kompaniya bunga izoh bermadi.

Tadbirkor Elon Maskning kompaniyasi 17 yanvarda berilgan orbitaga NASAning Jason-3 yöldoşini muvaffaqiyatli olib çiqqandi. Biroq yöldoş orbitaga olib çiqilgandan keyin, raketaning quyi bosqiçini Tinç okeanidagi ulkan dengiz platformasiga tuşiriş muvaffaqiyatsiz yakunlangandi.