Boliviyaning kattaligi jihatidan ikkinçi köli bölmiş Poopo butunlay qurib qoldi. Bunday xulosaga sun'iy yöldoş tasvirlarini örganiş natijasida Yevropa kosmik agentligi (EKA) keldi.
Kölning yöq bölişi Yer sathi monitoringi bilan şuğullanuvçi YeKA Proba-V mini-yöldoşi tomonidan qayd qilindi. Muqaddam 3 ming kv km hududni egallagan havzaning sekin-asta buğlanib, qurib borişi 2014 yil aprelida, 2015 yil iyulida va 2016 yil yanvaridagi fotosuratlarni taqqoslaş natijasida aniqlandi.
Kölning bor-yöği 3 m çuqurlikka egaligi va qurğoqçil yerda joylaşişi uni iqlimiy özgarişlarga ta'sirçan qilib qöydi. Poopo birinçi marta qurib qolişi emas – 1994 yilda ham şunday holat kuzatilgandi. Uning tiklanişiga yillar ketişi mumkin, yoxud u qaytib tiklanmasligi mumkin.






