Mavluda Asalxöjayeva öz konsert dasturlarini jonli ijroda taşkil etmayotganiga sabab qilib musiqaçilarni aybdor qildi.

Eslatib ötamiz, yaqinda u singlisi Guli Asalxöjayeva bilan birgalikda konsert berişi kutilmoqda.

“Bekajon” gazetasi muxbirining “nima uçun jonli ijroda konsert bermayapsizlar?” degan savoliga javob berarkan, Asalxöjayeva bugungi çolğuçilarning fonogrammadagiday “nuqsonsiz” çala olmasligini ta'kidlab ötdi.

“Menga qöyib bersa, mutlaqo jonli ijroda ötkazardim, - tan oldi u. – Avvallari jonli ijroçilarimizga jör bölgan çolğuvçilarning musiqasini eşitsangiz, xuddi fonogramma kabi nuqsonsiz edi. Afsuski, bugun unday natijaga erişolmayapmiz. Sokin qöşiqlarni kuylaganimizda jonli ijroingizni muxlislar qabul qiladi, ammo şöx taronalarni aytayotganingizda quloqlarni qomatga keltiruvçi şovqin qöşilib ketadi va muxlisga bu eriş tuyuladi”.

“Bir-ikki joyda şöx qöşiqlarimni jonli musiqa hamrohligida kuylaganimda, oldimga kelib: “Opa, fonogrammani yaxşi yozmabsiz-a”, degan vaqtlar böldi. Qarang, muxlislarimiz, tinglovçilarimiz qançalik tiniq eşitiladigan fonogrammaga örganib qolişdi. Mana şu omilni inobatga olgan holda, konsertimizda musiqa fonogrammada qöyilsa-da, ovozimiz albatta jonli bölişini rejalaştiryapmiz”.