Pepsi kompaniyasi “Barselona” futbol klubining titul homiysiga aylanişi mumkin.    

Katalon klubi bu borada AQŞ kompaniyasi bilan muzokaralarni bir neça kun avval boşlagan va bu borada ança ildamlagan, deb xabar bermoqda Sport.es naşri.

Gap 5 yillik şartnoma haqida ketmoqda, uning şartlariga köra "Barsa" har bir mavsum uçun 60 mln yevro oladi.

Şu bilan birga "Barsa" özining hozirgi homiysi Qatar Airways aviakompaniyasi bilan ham muzokaralar olib bormoqda.

Klub barça variantlarni körib çiqmoqda, jumladan keyingi mavsumni titul homiysiz ötkazişi ham mumkin.

Ta'kidlaş joizki, Pepsi’ning yuzi uning köplab reklama roliklarida suratga tuşgan "Barsa" hujumçisi Lionel Messi hisoblanadi.