AQŞning Nyu-Jyersi gubernatori Kris Kristi feysbukdagi sahifasida AQŞ prezidenti lavozimiga kuraşdan çiqişini ma'lum qildi. 

"Biz ötkazgan kampaniya bilan faxrlanaman. Men prezident lavozimiga nomzodimni qöyib, doimo işongan narsamni ifodalaşga harakat qildim, ya'ni nima öylayotgan bölsang, şuni gapiriş muhim, tajriba, malakaga ega böliş muhim", deb yozdi Kristi.

Kristi prezidentlik poygasini "heç qanday afsuslanişsiz" tark etayotganini ta'kidladi.

Avvalroq yana bir nomzod Karli Fiorina prezidentlik saylovlaridan öz nomzodini olgandi.