Özbekiston delegatsiyasining Avstriyaga 2016 yil 24-27 yanvardagi safari doirasida Özbekiston Tabiatni muhofaza qiliş davlat qömitasi va Avstriyaning Atrof-muhit qömitasi bilan hamkorlik haqida kelişuv imzolandi.
Hujjat tomonlarning ilğor texnologiyalar va tajribalar bilan almaşiş, xodimlar salohiyatini oşiriş, tabiatni muhofaza qiliş me'yorlari va standartlarini takomillaştiriş böyiça hamkorligini nazarda tutadi.
Şuningdek, safar doirasida Özbekiston Tabiatni muhofaza qiliş davlat qömitasi va Avstriyaning “Eco World Styria” Umwelttechnik Cluster GmbH klasteri bilan hamfikrlik memorandumi imzolandi. Memorandumga köra çiqindilarni boşqariş tizimini takomillaştiriş masalalari böyiça loyihalar va dasturlar, tadqiqotlarni birgalikda amalga oşiriş rejalaştirilgan. Şuningdek, oqova suvlarni tozalaş, muqobil energetikaning yangi texnologiyalari tatbiq qilinadi.
Eco World Styria klasteri – AQŞning Kaliforniya ştatidagi Kremniy vodiysiga öxşaş "Yaşil texnologiyalar vodiysi" bölib, bu yerda ekologik va energetik texnologiyalar sohasida faoliyat yurituvçi köp miqdorda innovatsion kompaniyalar joylaşgan. Bugungi kunda klaster korxonalarining umumiy oboroti yiliga 8,5 mlrd yevroni taşkil qiladi.






