Qirğizistonda 8 ta davlat idorasi eng korrupsiyalaşgan deb topildi. Bunday ma'lumotlarni Qirğiziston milliy statistika qömitasi keltirmoqda.
Qömita ma'lumotlariga köra, ötgan yili aholining davlat idoralariga munosabati aniqlanadigan indekslar qatoriga "Ijroiya hokimiyati va mahalliy öz özini boşqariş davlat idoralarida korrupsiya darajasi haqidagi şaxsiy fikr" körsatkiçi kiritildi. Bu körsatkiç böyiça Jazolarni ijro etiş davlat xizmati, Giyohvand moddalarni nazorat qiliş davlat xizmati va Soğliqni saqlaş vazirligi eng korrupsiyalaşgan deb topilgan. Undan keyingi örinlarda Davlat bojxona xizmati, Içki işlar vazirligi, Davlat soliq xizmati, Ta'lim va fan vazirligi, Iqtisodiy jinoyatlar bilan kuraşiş davlat xizmati va Arxitektura davlat agentligi, Adliya vazirligi, Davlat mulkini boşqariş fondi, Iqtisodiyot vazirligi kelmoqda.
Qirğizistonliklarning fikriça, eng kam korrupsiyalaşgan davlat idoralari Davlat aloqa agentligi, Madaniyat vazirligi va Mahalliy öz-özini boşqariş işlari davlat agentligi hisoblanadi.






