Qirğizistonda tadbirkorning davlat röyxatdan ötişi narxi 42 barobarga kamaytirildi. Bu haqda Qirğiziston davlat soliq xizmati matbuot xizmati ma'lum qildi.

Matbuot xizmati ma'lumotlariga köra, Qirğizistonda tadbirkorlarning soliq xizmatidan röyxatdan ötiş va hisobot topşiriş tizimi sekin-asta özgartirilmoqda. 2015 yilda Bişkekning Oktyabr tumanida va Çuy viloyatining Söquluq tumanida ijtimoiy fond vazifalarining soliq inspeksiyasiga topşiriş pilot loyihasi boşlandi. Endi tadbirkorlar soliq va suğurta tölovlarini bir joyda tölaşlari mumkin. 2016 yil 1 yanvarda Milliy statistika qömitasining jismoniy şaxslarni yuridik şaxslar taşkil qilmasdan xususiy tadbirkor va dehqonçilik (fermer) xöjaliklari sifatida röyxatdan ötkaziş vazifalari soliq xizmatiga topşirildi. Bir oy içida soliq idoralarida 1,7 mingdan köproq tadbirkor röyxatdan ötgan.

Uşbu dasturning asosiy afzalligi şundaki, xususiy tadbirkor sifatida röyxatdan ötiş bepuldir. Tadbirkor faqatgina davlat röyxatidan ötgani haqidagi guvohnoma blankasi uçun 5,95 söm tölaydi. Avval statistika idoralari uşbu xizmat uçun mamlakatning hududiga qarab 145 sömdan 330 sömgaça haq olişgan. Misol uçun, Bişkekda bu xizmat uçun 300 söm, Botkenda 198 söm, Talasda 147 söm olingan.