Rossiya fuqaroligiga ega bölgan, asli amerikalik boksçi Roy Jons sportdagi faoliyatini yakunladi. Bu haqda Jons faxriy prezidenti bölgan «Patriot» promouterlik kompaniyasi sport direktori Dmitriy Luçnikov «R-Sport» naşriga ma'lum qildi.

Manba bergan ma'lumotga köra, Roy endilikda asosiy e'tiborini musiqaga qaratadi.

«Janglar bölmaydi, biz uning muştlaşişini aniq xohlamaymiz. Şu bilan Royning karerasini yakunlagani aytsak ham böladi.

Hozirda Jonsning iltimosiga köra, Rossiyada uning musiqiy faoliyatini taşkillaştiriş harakatidamiz. Şuningdek, professional boks böyiça Roy Jons kubogi turnirlarini rejalaştirganmiz. Biz uning advokati bilan işlayapmiz, hamkorlikdagi tadbirlar uçun şartnoma tayyorlaşni boşladik», — deya ta'kidlagan Luçnikov.

Eslatib ötamiz, Roy Jons 2015 yilning sentabr oyida Rossiya fuqaroligini olgandi.

12 dekabrda Moskvada bölib ötgan oxirgi jangida esa britaniyalik Entso Makkarinelliga törtinçi raundda texnik nokautga uçrab mağlub bölgan.