Tojikiston içki işlar vazirligi Qirğizistonga qirğiz-tojik çegarasidagi uylardan birida Qirğiziston bayroğining örnatilişi sababli norozilik notasini yubordi.
Tojikistonning Qirğizistondagi elçixonasi bunday harakatlar çegaralarni delimitatsiyalaş va demarkatsiyalaş böyiça hukumatlararo kelişuvlarga qarşi borayotgani va xalqaro me'yorlarga zidligini ta'kidlamoqda.
Tojikiston uşbu voqeaning tergov qilinişi va bunday harakatlarga yöl qöymaslik böyiça çoralar körilişini talab qilmoqda.
2016 yil 6 fevralda çegara yaqinidagi Qirğizistonning Laylak tumani Maqsat kişloğidagi uylardan biriga Qirğiziston bayroği örnatilgan. Qirğiziston çegara xizmati ma'lumotlariga köra, uy Qirğiziston hududida bölgan va Tojikiston fuqarolariga ijaraga uy beruvçi Qirğiziston fuqarosiga tegişli bölgan.
Biroq Tojikistonning aytişiça, Qirğiziston bayroği çegaraning bahsli hududida joylaşgan uyda örnatilgan va bu uy Tojikiston fuqarosiga tegişli bölgan.






