Jizzax sement zavodi “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati tarkibida taşkil etilgan va yiliga 350 ming tonna oq, 760 ming tonna portland (kulrang) sement işlab çiqariş quvvatiga ega. Hozirgi kunda korxonada portlandsementning 400- va 500-, oq sementning 600- markalari işlab çiqarilmoqda.
Ötgan yili işlab çiqarilgan 510 ming 385 tonna sementdan 5,5 ming tonna oq, 10 ming tonna portlandsement xorijga eksport qilingan. Joriy yilda sement işlab çiqariş 650 ming tonnaga yetkaziş möljallanmoqda. Şuningdek, korxona tomonidan oyiga örtaça 24 ming 587 kubometr ohaktoş ham qazib olinadi. Bu haqida Jizzax sement zavodining rejalaştiriş va iqtisod bölimi boşliği Sirojiddin Qorjovov ma'lum qilgan.
Ma'lumotlarga köra, Jizzax sement zavodida peçlardan kötarilayotgan çang filtrda 100 foiz tutib qolinadi va mahsulotga aylantiriladi. Bu ekologiyaga salbiy ta'sirlarning kamayişiga ham sabab bölmoqda.
Hozirda tabiiy, texnik, iqtisodiy imkoniyatlar hisobga olinib, korxonada portlandsement işlab çiqarişni 1 million tonnaga yetkaziş böyiça yangi loyiha amalga oşirilmoqda. Qiymati 35 million 800 ming dollar bölgan uşbu loyihada belgilangan işlarning hozirgaça 62 foizi bajarilgan. Uşbu loyiha amalga oşgaç, 100 ga yaqin yangi iş örni yaratiladi.
“Zavodda mehnat qilayotgan 700 dan ziyod işçining aksariyati Foriş, Ğallaorol va Zafarobod tumanlaridagi kasb-hunar kollejlari hamda Jizzax politexnika institutini bitirgan yoş mutaxassislardir”, deb yozadi Özbekiston milliy axborot agentligi.






