Özbekistonning çarm-poyabzal tarmoği 2016 yilda yiliga 48,7 mln kvadrat detsimetr çarm işlab çiqaruvçi ikkita könçilik korxonasi bilan töldiriladi. "Angren" maxsus industrial hududida yaratiladigan bu işlab çiqarişlarga kiritiladigan investitsiyalar 2,1 mln dollarni taşkil qiladi.

Mart oyida işga tuşiriladigan bu korxonalar evaziga "Özbekçarmpoyabzali" uyuşmasining çarm işlab çiqarişi hajmi 10 foizga oşadi.

Uyuşma ma'lumotlariga köra, Özbekistonda har yili 12 mln dona çarm mahsuloti, jumladan 8 mln dona mayda va 4 mln dona yirik şoxli çorva terisi tayyorlanadi.

Uyuşmaga kiruvçi 26 ta terini qayta işlovçi korxonalar tomonidan har yili 500 mln kvadrat detsimetr çarm mahsulotlari işlab çiqariladi.

Rasmiy prognozga köra, Özbekistonda 2020 yilgaça çarm işlab çiqarişi hajmi 581,9 kvadrat detsimetrgaça yetadi.