Pokiston maxsus kuçlari “al-Qoida” va “Laşkari Jangviy”ning 97 a'zosini qölga oldi, deb xabar beradi Reuters agentligi.
Jangarilar Karaçi şahrida qölga olindi. Terrorçilar 2002 yili amerikalik jurnalist Deniel Perl qatli taşkilotçisi Xolid Umar Şayxni qamoqdan qoçirişga hozirlik körayotgan edi.
Hibsga olinganlarning katta qismi Pokistondagi harbiy va politsiya obektlariga uyuştirilgan hujumlarda aybdordir. Ulardan uç nafari guruh rahbarlari sifatida körilmoqda.






