FIFA prezidentligi uçun nomzod bölgan Janni Infantinoning bu kuraşdagi raqiblari şayx Salmon bin Ibrohim Al-Xalifa va Jyerom Şampan UYeFA Boş kotibining jahon çempionati iştirokçilari sonini 32tadan 40tagaça oşiriş böyiça taklifini tanqid qilib çiqişdi.

Şayx Salmon özining saylovoldi dasturini KONKAKAF mintaqasida namoyiş etayotganida, gap jahon çempionati haqida ketganda taqdimot uzatilayotgan ekranda «Saylovoldi kampaniya jarayonida JÇ iştirokçilari sonini oşirişga va'da beriş – bu noprofessionallik» yozuvi paydo bölgan.

«Mening dasturim taşqi effektlarga boğlanmagan. U faktlar asosida tuzib çiqilgan. Unda masalan JÇ iştirokçilari sonini 40tagaça oşiriş böyiça taklifni kiritib, e'tiborni öziga qaratadigan quruq gap-sözlar yöq. Biz hammamiz FIFAning eng dolzarb muammosi bu emasligini yaxşi bilamiz.

Barçaga ma'lumki, 32 terma jamoa iştirokida jahon çempionati taşkil etişning özi oson emas. Şuningdek, xalqaro taqvim ham öta ziç tuzilgan», – deya ta'kidlagan Şampan.

FIFA prezidentligi uçun ötkaziladigan saylov OFK rahbari Şayx Salmon, UYeFA Boş kotibi Janni Infantino, FIFAning sobiq Boş kotibi örinbosari Jyerom Şampan hamda Iordaniya şahzodasi Ali bin Al-Xusayn iştirok etadi. Saylov 26 fevral kuni Şveytsariyaning Tsyurix şahrida bölib ötadi.