Turkiya sudi 24 yoşli jurnalist Hilol Kalofatni mamlakat prezidenti Rajab Toyib Erdöğanni haqorat qilişda aybdor deb topdi. Doğan agentligining ma'lum qilişiça, qiz 28 oylik qamoq jazosiga hukm qilingan. Hukm 5 yilga keçiktirilgan.
Afyonqorahisor şahridagi radioda işlovçi qiz 2015 yil 20 martida Facebook’dagi sahifasida çop etgan bir qança xabarlarda, prokuraturaning fikriça, prezidentga nisbatan haqorat sözlarini işlatgan. Bir muddatdan söng xabarlar öçirilgan, lekin foydalanuvçilardan biri nusxa köçirişga ulgurgan.
Sudda jurnalist qiz puşaymonligini ta'kidlab, bu işni qasddan qilmaganini aytgan. Şuni inobatga olgan holda sud jazo muddatini keçiktiriş haqida qabul qilgan. Ya'ni, beş yil davomida Kalofat bu işni yana takrorlasa, qamaladi.






