Xitoylik arxeologlar milliy taom bölmiş "tszyaotszi" - çuçvaralari mamlakat ğarbidagi hududda 17 asr oldin tayyorlana boşlanganini ma'lum qilişdi.
"Sinxua" agentligi xabariga köra, tadqiqotçilar Şinjon-Uyğur avtonom hududidagi Turfan okrugidan noyob topilmani aniqlaşgan. Arxeologlar yuz yillardan beri yer yuzasida yotgan 3 dona çuçvarani topişgan. Mutaxassislar ularning yoşi 1700 yil ekanini aytişgan.
Taxmin qilinişiça, bu çuçvaralar milodiy 3-7 asrlar davomida hukmronlik qilgan Uç qirollik davridagi Vey sulolasi (220-280 yillar), Tszin sulolasi (265-420 yy) yoki Şimoliy va Janubiy sulolalar (420-589 yy) davridan birida tayyorlangan.
Bundan taşqari, arxeologlar Turfanda Tan sulolasi davriga (618-907 yillar) mansub çuçvaralarni ham topişgan. Bu "tszyaotszi"lar juda yaxşi saqlangani, buğdoy unidan qorilgan xamir va göştdan tayyorlanganini qayd etişgan. Har bir çuçvara uzunligi 5 sm, kengligi 1,5 sm, şakli oyni öxşatadi.

Arxeologlar öz topilmalari Xitoydagi pazandaçilik an'analari şarqdan köra ğarbida ertaroq rivojlana boşlanganini isbotlaşini iddao etişmoqda.
Zamonaviy xitoyliklar "tszyaotszilar"ni juda xuş körişadi. Bunday çuçvaralar Min sulolasi davridagi (1368-1644 yillar) oltin yombilarini eslatişi tufayli ular Yangi yil dasturxonidagi asosiy taomlardan biri sifatida (boylik va farovonlik ramzi) tortiladi.







