Yaponiyaning janubi-ğarbidagi Kagosima prefekturasi politsiyasi “Kobe Yamaguçi-gumi” yakudza guruhining 4 nafar a'zosini 100 kg psixotrop modda saqlaganlikda ayblab qölga oldi. Bu haqda mahalliy hokimiyat vakillari xabar bermoqda.

Aytilişiça, psixotrop moddalar mafiyaçilarga tegişli maşinalardan biridan topilgan. Maşina, öz navbatida, 10 fevral kuni parom içida viloyat markazi Kagosima şahriga olib kelingan. Politsiya taqiqlangan moddalarning bir qismi dengizda dilerga Yaponiyada sotiş uçun berib yuborilganini taxmin qilmoqda.