Feysbuk ijtimoiy tarmoğidagi Maslahat.uz guruhi foydalanuvçisi mazkur darslikning muqovasida kirill va lotin alifbosi almaştirib yuborilganini xabar qilgandi.
"Ta'lim vazirligi qayerga qarayapti? 3 sinfda öqiydigan qizim topdi xatoni", deya yozgandi guruh a'zolaridan biri.


Şundan söng post ostida guruhning köplab foydalanuvçilari bahs-munozaraga kirişişgan.
Postga izoh yozgan foydalanuvçilardan bir qançasi vazirlikni öz işiga va kelajak avlodning savod olişiga e'tiborsizlikda ayblagan.
Boşqa tomondagilar esa bu xato ta'lim vazirligining emas, bosmaxonadagilarning xatosi ekani, bosma xodimlari rus tilidagi kitob uçun muqovani lotin tilidagi kitob blokiga yopiştirib qöygani haqida aytgan.
Yana bir foydalanuvçi esa, "Ta'lim vazirligidagilar asosan katta xatolar qilişi, bunaqa kiçiklariga aralaşmasligi"ni yozib, kinoya qilgan.
Özini Xalq ta'limi vazirligi tizimida çet tillari fanlari böyiça bölim boşliği sifatida taniştirgan Xurşida Isoqjonova bu munozaraga qöşilgan.
"Bildirilgan fikrlar qaysidir ma'noda örinli. Fikr va tanqidlarga töğri baho bera olişimiz va ularni bartaraf etişimiz yaxşi. Lekin, ayrim hollarda bu kabi fikrlar ijobiy tanqid emas, balki qöpol tarzdagi malomatlar orqali bildiriladi. Men şu soha mutaxassisi bölganligim va hamkasblarim hulosalari bilan çop etilgan darslik yuzasidagi fikrlarga ma'lumot berib ötmoqçiman", deydi u.
U bu jarayonda sanitariya epidemiologiya markazi, naşriyot xodimlari, psixologlar, amaliyotçi öqituvçilar va boşqa kerakli soha mutaxassislari jalb etilişi, bu jarayonlarni esa Xalq ta'limi vazirligi muvofiqlaştirib borişini bildirib ötgan.
"Bu kabi xatoliklar köp uçrab turişini bilamiz. Lekin bu jarayon juda katta hisoblanib, naşriyotlarda aynan şu sohadagi mutahassislar kam bölişi, iş kölami esa katta bölişi ham bir sabab. Aynan bu xatolik naşriyot xatoligi hisoblanib, darsliklar naşrdan çiqarilgandan söng naşriyot xodimlari tomonidan tekşirilib, öz muhrlari bosiladi. Bu muhr raqamlangan bölib, naşriyot xodimi raqami hisoblanadi. Bu degani aynan öşa xodim darslik yaroqliligini tasdiqladi, degani.
Naşrdan tekşiruvdan ötgan darsliklar esa Xalq ta'limi vazirligi tomonidan tuzilgan guruh tomonidan ekspertiza qilinadi. Bunda naşriyotdan tirajga qarab qisman darsliklar tahminiy olinib birma-bir tekşiriladi. Bu jarayonda hamma darsliklarni birma-bir köriş imkoniyati bölmaydi va naşriyot tomonidan berilgan hulosalarga ham tayaniladi.
Amaldagi darsliklar yil davomida öquvçilar qölida bölişiga qaramay tahlil qilinadi va keyingi naşrga tayyorlanadi.
Uşbu darslik qayta naşr davriyligi 2 yilda 1 marta bölganligi sababli keyingi naşrga tayyorlaş jarayonida şu va şu kabi xatolar albatta hisobga olinib, bartaraf etiladi", deydi vazirlik vakili.
U darslikdagi xatoni payqagan öquvçining onasiga bu borada vazirlikka qönğiroq qilişni tavsiya qilgan. Bu esa öz natijasini körsatgan.
"Xalq ta'limi vazirligiga qönğiroq qildim. Yozib olişdi. Natijasini xabar qilişarkan. Kitoblardagi kamçilik böyiça 17-çi bölib şikoyat qilibman", deydi öquvçining onasi.
U telegramdan suratni jönatgani, tez orada qönğiroq qilib javob qaytarişgani, bunday xato faqat bir neçta kitoblarda kuzatilgani haqida ma'lum qilişganini qöşimça qilib, vazirlikning munosabatiga yaxşi baho bergan.
Munozaraga darsliklarga mas'ul bölgan Xalq ta'limi vazirligi vakili ham qöşiladi.
Vazirlikning Darsliklar va öquv metodik adabiyotlarning yangi avlodini yaratiş bölimi boşliği Azizbek Ortiqov bu holat böyiça atrofliça izoh bergan.
"Har bir darslik tayyorlanganida 7ta tilda çiqadi va ularning original maketlari özbek tilida böladi. Ular tarjima qilinadi hamda uşbu darsliklarning 7ta tildagisining hammasini bitta naşriyot çop qiladi. Bu darslikning bitta-ikkitasiga naşriyot tomonidan adaşib rusça nusxaning muqovasini yelimlab qöyişgan. Bu darslik bu yildan qayta naşr qilinişi rejalaştirilgan", deydi u.
Uning aytişiça, öquvçiga öşa "brak" holatda çiqarilgan darslikning örniga yangisi berildi.
Xalq ta'limi vazirligining vakili ota-onalarga farzandlari foydalanayotgan kitoblarda mavjud bölgan xato-kamçiliklar böyiça takliflarini [email protected] elektron poçta manziliga jönatişlari mumkinligini ham ma'lum qilgan.






