Ukrainaning Odessa viloyati gubernatori Mixail Saakaşvili davlat rahbarligiga öz nomzodini qöyiş niyati bor-yöqligi haqidagi savollarga javob qaytardi.
“Bölmagan gap! Albatta, yöq! Hatto eng qörqinçli tuşimda ham buni tasavvur qila olmayman”, – dedi u jurnalistlarga.
Saakaşvili Myunxendagi xavfsizlikka bağişlangan konferensiyada iştrok etmoqda.
“Hafta közgusi. Ukraina” naşrida Ukraina Içki işlar vaziri Arsen Avakov öz intervyusida Saakaşvili göyoki unga boş vazirlik va vitse-premer lavozimlarini özaro bölişib olişni taklif etganini haqida gapirgandi.
Vazir, şuningdek, Saakaşvilining Ukraina siyosatidagi kelajagi haqida ham öz tasavvurlarini ma'lum qildi.
Uning aytişiça, gubernator allaqaçon davlatning hozirgi rahbari Petro Poroşenko siyosatining tarafdoriga aylanib bölgan.
“Agar saylov bölsa, u (rejalaştirilayotgandek) prezident komandasining ikkinçi kolonnasi deb nom olgan maxsus blokini boşqaradi, keyin saylovlar tugaşi bilan öz bilganidek iş yurita boşlaydi” dedi amaldor.






