Toşkent şahar hokimligida matbuot anjumani taşkil etildi. Unda “Toşşahartransxizmat” AK, Içki işlar boş boşqarmasi Yöl harakati xavfsizligi boşqarmasi, Avtomobil va daryo transporti agentligi şahar hududiy bölimi, Toşkent şahar Davlat soliq boşqarmasi, hokimlikning yölovçi taşiş transportining barça turlarini litsenziyalaş va muvofiqlaştiriş departamenti hamkorligida tasdiqlangan keng qamrovli tadbirlar rejasi haqida söz bordi.
Rejaga köra ötkazilgan 310 ta reyd natijasida 9200 avtomobil vositasi tekşirilgan va 1850 ta qoidabuzarlik va kamçiliklar aniqlandi.
Davlat soliq inpektsiyalari tomonidan jami 163 ta qoidabuzarlik aniqlanib, ularni sodir etgan şaxslarga örnatilgan tartibda çoralar körildi.
Yöl harakati xavfsizligi boşqarmasi xodimlari olib borgan örganişlar oqibatida 18651 ta ma'muriy bayonnoma tuzilgan.
Matbuot anjumanida soha mas'ullari joriy yil fevral oyining 15 sanasidan e'tiboran poytaxt yöllaridagi bunday örganişlar sonining keskin ravişda oşirilişini ta'kidladilar.






